• iconO'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Urganch shahri, G`.G`ulom ko'chasi, 2-uy
  • iconttaufalitsey_22@mail.ru
icon

Hoziroq biz bilan bog'laning

(362)-223-06-53
(99)-968-08-86

“Bolalar musiqa va sanʼat maktabi”

Blog Details

“Bolalar musiqa va sanʼat maktabi”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgari surilgan 5 ta ustuvor tashabbusi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 28-avgustdagi №323-sonli buyrugʻining 2-ilovasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, oʻquvchi-yoshlarning badiiy tafakkurini rivojlantirish, ularni yangi ijodiy izlanishlarga ruhlantirish, rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan koʻrgazma dasturi Urganch shahridagi 1-sonli “Bolalar musiqa va sanʼat maktabi”da tashkil etildi. Mazkur tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi oʻquvchilarining bir guruhi faol ishtirok etdi.