• iconO'zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Urganch shahri, G`.G`ulom ko'chasi, 2-uy
  • iconttaufalitsey_22@mail.ru
icon

Hoziroq biz bilan bog'laning

(362)-223-06-53
(99)-968-08-86

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish

Blog Details

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, yosh avlodni ona yurtga sadoqat, hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash maqsadida “Urf-odatlar va qadriyatlar marosimi” mavzusida adabiy-badiiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.T. Xudayberganov, “Umumta’lim” fanlari kafedrasi mudiri Sh.E. Sobirov, yoshlar yetakchisi F.M. O‘runova, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari F.J. Abdullaeva va H.O. Bog‘bekova hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan milliy urf-odat va an’analarga bag‘ishlangan she’rlar, maqollar aytildi. Ishtirokchilar o‘z ijodiy chiqishlari orqali ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan boy madaniy qadriyatlarimizni e’zozlash va uni kelajak avlodga yetkazish borasidagi qarashlarini ifoda etdilar.